18 may 09:02
Yangiliklar
Australian Open-2022 Avstraliyadan tashqarida bo'lib o'tishi mumkin
Bu haqda ABC Sport xabar bermoqda.
Bu Avstraliya hukumati 2022 yil o'rtalariga qadar mamlakat chegaralarini ochmaslikni rejalashtirayotgani bilan bog'liq. SHu sababli, tennischilar kelgandan keyin ikki haftalik karantindan o'tishlari kerak. Bu yilgi tajribadan so'ng, ko'pchilik buni takrorlashga tayyor emas.
Avstraliya tennis federaciyasi sportchilar uchun vaziyatni engillashtirish uchun rasmiylar bilan muzokaralar olib bormoqda. Rad etilgan taqdirda, tashkilotchilar turnirni bekor qilish o'rniga uni boshqa joyda o'tkazishga tayyor. Doha va Dubay nomzod shaharlar hisoblanadi.
SHunga qaramay, "Australian Open" direktori Kreyg Tili muammoga echim topishga ishonmoqda.
"Biz yanvar oyida Melburnda musobaqa o'tkazamiz. Tennischilarni Avstraliyaga olib kelish yo'lini topamiz. Hozirda Avstraliya karantinni qattiq talab qilayotgan yagona mamlakat. Vaziyatni hal qilishning yo'lini topishimiz kerak", - deya Tilining so'zlarini keltirmoqda ABC Sport.
Fikrlar