21 jan 20:28
Yangiliklar
Australian Open. Berrettini jarohatga qaramay Karlos Alkarazni mag'lub etdi
Turnirning uchinchi davrasida jahonning ettinchi raketkasi, italiyalik Matteo Berrettini hamda ATR reytingida 31-o'rinni egallab turgan ispaniyalik Karlos Alkaraz to'qnash kelishdi. To'rt soatu 13 daqiqa davom etgan uchrashuvda Matteo Karlosni 6/2, 7/6, 4/6, 2/6, 7/6 hisobida mag'lub etdi.
O'yinda Berrettini 10 ta eys va uchta breykni amalga oshirib, ikki marta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Karlos esa 12 ta eys, to'rtta breyk-point qayd etdi va to'qqiz marta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Bu ikki tennischining o'zaro uchrashuvlarida hisob tenglashdi - 1:1.
Etiborlisi, bahsning beshinchi seti boshida italiyalik tennischi oyog'idan jarohat oldi va tibbiy tanaffusga murojaat qildi. SHunga qaramay, Berrettini o'ziga kelib oldi va yakunda g'alaba qozondi.
Matteo o'zining oltinchi besh setlik o'yinini o'tkazdi va beshinchi g'alabani qo'lga kiritdi. SHuningdek, u besh setda Alkarazni mag'lub etishga muvaffaq bo'lgan birinchi tennischiga aylandi. Bungacha ispaniyalik sportchi uchta shunday uchrashuvda g'alaba qozongan edi.
Berrettini Australian Open turnirining to'rtinchi davrasida boshqa bir ispaniyalik tennischi Pablo Karreno-Bustaga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar