17 jan 07:57
Yangiliklar
Tennis

Australian Open. Bugun Istomin - Dodig uchrashuvi
Melburn shahrida tennis bo'yicha “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionatining asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Dunyoning 128 nafar saralangan raketka ustalari qatorida hamyurtimiz Denis Istomin ham Avstraliya Ochiq chempionatining asosiy to'rida ishtirok etadi.
Bugun mamlakatimizning birinchi raketkasi ilk davrada xorvatiyalik Ivan Dodigga qarshi kortga chiqadi. Bu uchrashuv bizning vaqt bilan soat 11.00da boshlanishi rejalashtirilgan.
Taqqoslash uchun, 30 yoshli Denis Istomin dunyo reytingida 119, 32 yoshli Dodig esa 153-o'rinni egallab turibdi. Istomin Avstraliya Ochiq chempionatida yubiley 10-marotaba ishtirok etadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar