24 jan 11:41
Yangiliklar
Tennis

Australian Open. Dunyoning birinchi raketkasi yarim finalda!
Melburn shahrida o'tkazilayotgan “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionati o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Bundan bir necha daqiqa avval xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi yakkalik bahslarining so'nggi chorak final uchrashuvi o'tkazildi. Unda dunyoning birinchi raqamli tennischisi ruminiyalik Simona Xalep chexiyalik Karolina Plishkovaga qarshi kortga chiqdi.
Bir soatu 11 daqiqa davom etgan uchrashuvda Xalep WTA reytingida 6-pog'onani egallab turgan Plishkovani 6:3, 6:2 hisobida mag'lub etdi. Endi Simona final chiptasi uchun kechadigan bahsda ayni paytda reytingda 16-o'rinni egallab turgan Anjelik Kerberga qarshi kortga chiqadi.

Havola :
Fikrlar