17 jan 09:12
Yangiliklar
Tennis

Australian Open. Istomin ikkinchi uchrashuvini o'tkazdi
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi Australian Open-2018 musobaqasidagi yurishini g'alaba bilan boshlagan edi.
Hamyurtimiz yakkalik musobaqasining 180 daqiqa davom etgan ilk davra uchrashuvida franciyalik Per-Yug Erberni 6:2, 6:1, 5:7, tay-brekda 7:6(7:3) hisobida mag'lub etishga muvaffaq bo'lgandi.
Hozirgina Istomin ikkinchi davradagi o'z uchrashuvini o'tkazdi. Denis britaniyalik Kayl Edmundga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 37 daqiqa davom etgan bahsda reytingda yuqoriroqda turgan Edmund ortiqcha qiyinchiliksiz 6:2, 6:2, 6:4 hisobida g'alaba qozondi.
Taqqoslash uchun, Denis Istomin dunyo reytingida
60-o'rinni egallab turibdi. Kayl Edmund esa 49-o'rinni band etgan. Denis va Kayl bungacha
o'zaro o'yinlarda to'qnash kelishmagandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar