So’nggi yangiliklar

20:18Таэквондочи қизларимиз Тайюан турнирини 2 та бронза медали билан якунлашди 0 19:47"Милан" Леау "Галатасарой"га ўтганини эълон қилди 0 19:19Бухоро “Uzbekistan Judo Tour” ғолиб ва совриндорлари аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:53Рожер Федерер теннис шон-шуҳрат залига киритилди 0 18:36Мужибилло Турсунов Россиядаги IBA турнирида ғалабага эришди 0 18:17Мозес Итаумани рингдан замбилда олиб чиқиб кетишди (ВИДЕО) 0 17:44Ян Диоманденинг "Реал"га трансфери мадридликларга 230 миллион еврога тушади 0 17:08Бу факт: Нурсултон Рўзибоев UFC'да энг узун ғалабали сериядаги тўрт жангчидан бири! 0 16:35US Open 2026. Бугун Раҳимова, эртага Тимофеева асосий тўрдаги иштирокини бошлайди 0 16:01Гусковнинг мураббийи: "Мағлубият сабабини биламан" 0 15:36"Ман Сити" "Ливерпуль" футболчисига 99 млн таклиф қилишга тайёр — Романо 0 15:03"Барча Умар Нурмагомедовни бўлажак чемпион деб ҳисобларди, нима бўлганини кўрдингизми?" - Сонг Ядонг 0 14:31"ММАга қайтиш учун энди қарилик қиламан" - Забит Магомедшарипов 0 13:57Статистикага кўра Хргович жанг тўхтатилган вақтда Итаумага ютқазаётганди 0 13:30Лео Месси тарихда иккинчи ўринга кўтарилиб oлди 0

19 jan 13:15
Yangiliklar

Tennis

Australian Open. Istomin sensacion tarzda Jokovichni taslim qildi!

Australian Open musobaqasining ilk bosqichidan muvaffaqiyatli o'tib olgan Denis Istomin ayni daqiqalarda jahonning ikkinchi raketkasiga qarshi kortga chiqdi.

Quvonarlisi, 1 soatu 28 daqiqa davom etgan dramatik birinchi set yakunida hamyurtimiz nomdor raqibini mag'lubiyatga uchratdi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi 7:6, taybrekda 10:8 hisobida Jokovichdan ustun keldi.

Ikkinchi setda Istomin 5:4 hisobida oldinda edi va unda ikkita set bol mavjud edi. Biroq Jokovich yakunda vaziyatni o'z tomoniga og'dirib oldi va yakunda 7:5 hisobida g'alaba qozondi.

Uchinchi setda tajribali Novak Jokovich 6:2 hisobida zafar quchdi. To'rtinchi set oldidan serbiyalik tennischi 2:1 hisobida oldinga chiqib oldi.

Hozirgina yakuniga etgan to'rtinchi setda hamyurtimiz Jokovichni 7:6, taybrekda 7:5 hisobida mag'lub etdi va hisobni tenglashtirdi - 2:2. Qoyil, Istomin. Hal qiluvchi beshinchi setda Denis 6:4 hisobida yutdi va sensacion tarzda Jokovichni musobaqadan chiqarib yubordi. 


Denis Istomin - Novak Jokovich 3:2 (7:6, 5:7, 2:6, 7:6, 6:4)

Novak Jokovich Australian Open musobaqasida olti marta (2008, 2011, 2012, 2013, 2015 va 2016 yillar) chempion bo'lgan. Demak, ayni kez Istomin musobaqaning amaldagi g'olibiga qarshi o'yin o'tkazyapti.

Serbiyalik tennischi “Katta Dublg'a” turkumiga kiruvchi barcha musobaqalarda g'olib chiqa olgan. Jokovich uch marta Uimbldon, ikki bor US Open va bir marta Rolan Garros turnirida zafar quchgan.






Reyting: +4   

Fikrlar

+1   
19 jan 15:36:15
Sinchiklab kuzatuvchi
GAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAP bölishi mumkinmas ! Omad keyingi bosqichlarda xam. Bölarkanu !
+1   
19 jan 14:05:59
BOBURSHOH
Qoyil boshidan oxirigacha kurdim dinisga omad
+1   
19 jan 13:42:57
Лайлакқор
Istomin men uchun finalni yutgandek bo'ldi, keyingi bosqichdagi natijasi salbiy bosayam Denis bilan faxrlanamiiiiz!!!!!
+1   
19 jan 13:36:56
G'ayratjon
Qoyil!!! Gap bo'lishi mumkin emas. 2-bosqich bo'lsa ham finalga xos o'yin bo'ldi.
+1   
19 jan 13:23:35
INFNTY
Jonli ko'rdim shu baxsni. Qaxramonlarcha g'alaba qozondi. malades
   
19 jan 17:17:06
Husniddin Mirzaliyev
Ancha yillardan buyon o'zbek tennischilariga muxlislik qilib kelaman. Shubhasiz Istominning faoliyati davomidagi eng muhim g'alabasi bu!!!
   
19 jan 13:47:45
ZOHIDJON ABDURASULOV
Denisga omad bundan keyingi baxslarda omad endi nisbatan kuchsizroq bn oynidi novakni yuttimi demak hali finalda oynasa boladi degani
Omad Denis olg'a UZBEKISTAN
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing