21 jan 14:13
Yangiliklar
![](/upload/storage/27150_220.jpg)
Australian Open. Istominni mag'lub etgan tennischi chorak finalga chiqdi
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istominni ikkinchi davrada mag'lub etgan Kayl Edmund g'obilona yurishini davom ettirmoqda. Bu safar dunyoning 49-raketkasi ATP reytingida 76-pog'onasidan joy olgan italiyalik Andreas Seppiga qarshi kortga chiqdi.
Ikki soatu 57 daqiqa davom etgan bahsda 23 Edmund o'zidan 10 yasharga katta Seppidan 6:7(4), 7:5, 6:2, 6:3 hisobida ustun keldi. Endi britaniyalik raketka ustasi yarim final ostonasida bolgariyalik Grigor Dimitrov bilan to'qnash keladi.
Eslatib o'tamiz, Kayl Edmund 1 soatu 37 daqiqa davom
etgan Avstraliya Ochiq chempionatining ikkinchi davra uchrashuvida Denis Istominni
ortiqcha qiyinchiliksiz 6:2, 6:2, 6:4 hisobida mag'lub etgan edi.
Fikrlar