19 jan 08:42
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/26953_220.jpg)
Australian Open. Istominni mag'lub etgan tennischi yana g'alabaga erishdi
Avstraliyaning Melburn shahrida “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi Australian Open-2018 musobaqasi davom etmoqda.
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istominni ikkinchi davrada mag'lub etgan Kayl Edmund to'rtinchi davra yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Britaniyalik raketka ustasi 3 soatu 37 daqiqa davom etgan bahsda gruziyalik Nikoloz Basilashvilidan 7:6(7:0), 3:6, 4:6, 6:0, 7:5 hisobida ustun keldi.
Eslatib o'tamiz, Kayl Edmund 1 soatu 37 daqiqa davom
etgan ikkinchi davra uchrashuvida Denis Istominni ortiqcha qiyinchiliksiz 6:2, 6:2,
6:4 hisobida mag'lub etgan edi.
Havola :
Fikrlar