21 jan 13:40
Yangiliklar
Tennis

Australian Open. Istominning 1/8 finaldagi raqibi kim bo'ladi?
Xabar berganimizdek, bundan bir necha daqiqa avval hamyurtimiz Denis Istomin Melburn shahrida davom etayotgan Avstraliya Ochiq chempionatidagi uchinchi g'alabasini tantana qilgandi.
Mamlakatimizning birinchi raketkasi dunyoning 31-raketkasi ispaniyalik Pablo Karreno Bustani besh set natijasiga ko'ra mag'lub etdi. Roppa-rosa 3 soatu 30 daqiqa davom etgan bahsda Istomin kuchli raqibini 6:4, 4:6, 6:4, 4:6, 6:2 hisobida engdi.
Istominning 1/8 finaldagi raqibi kim bo'lishi ko'pchilikni qiziqtirishi tabiiy. Franciyalik Rishar Gaske va bolgariyalik Grigor Dimitrovdan biri hamyurtimizga raqiblik qiladi. Bu uchrashuv taxminan ikki soatlardan so'ng boshlanadi.
Taqqoslash uchun, Dimitrov dunyo reytingida 15, Gaske esa 18-o'rinni egallab turibdi. Istomin esa 117-pog'onadan joy olgan. Lekin reyting nisbiy holat ekanligini Istomin avvalgi uchrashuvlarda isbotladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar