15 jan 09:21
Yangiliklar

Australian Open. Istominning ikkinchi davradagi raqibi malum
Hamyurtimiz bugun tongda yakkalik musobaqasining 180 daqiqa davom etgan ilk davra uchrashuvida franciyalik Per-Yug Erberni 6:2, 6:1, 5:7, tay-brekda 7:6(7:3) hisobida mag'lub etishga muvaffaq bo'lgandi.
Hozirgina Istominning ikkinchi bosqichdagi raqibi malum bo'ldi. Britaniyalik Kayl Edmund Janubiy Afrika Respublikasi vakili Kevin Andersonni 4 soatu 3 daqiqa davom etgan bahs yakunida 6:7(4:7), 6:3, 3:6, 6:3, 6:4 hisobida mag'lub etdi. Denis aynan ikkinchi davrada aynan Edmundga qarshi kortga chiqadigan bo'ldi.
Taqqoslash uchun, Denis Istomin dunyo reytingida 60-o'rinni egallab turibdi. Franciyalik tennischi esa 73-pog'onadan joy olgan. Kayl Edmund 49, u mag'lubiyatga uchratgan Anderson esa 12-o'rinni band etgan. Denis va Kayl bungacha o'zaro o'yinlarda to'qnash kelishmagan. Istomin -Edmund uchrashuvi 17 yanvar kuni o'tkaziladi.
Fikrlar