04 jan 20:02
Yangiliklar
Tennis
Australian Open: "Jokovich allaqachon Avstraliyaga uchib kelmoqda, u bizning turnirda ishtirok etadi"
Australian Open matbuot xizmati serbiyalik Novak Jokovich tibbiy istisnoli imtiyoz olgani va turnirga kelishi haqidagi xabarga munosabat bildirdi.
"Novak Jokovich allaqachon Avstraliyaga uchib kelmoqda, u bizning turnirda ishtirok etadi. Jokovich ikkita mustaqil ekspertlar guruhi tomonidan ko'rib chiqish jarayonidan o'tadigan tibbiy istisno uchun ariza berdi. Bunday guruhlardan biri Viktoriya sog'liqni saqlash departamenti shifokorlari edi. Ular barcha hujjatlarni tekshirib ko'rdilar va barchasi Avstraliya qonunlariga mos kelishiga ishonch hosil qilishdi.
SHuni ham takidlab o'tmoqchimizki, shifokorlar kimning arizasini ko'rib chiqayotganini bilishmadi”, - deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Havola :
Manba : Gotennis.ru
Fikrlar