23 jan 07:21
Yangiliklar

Australian Open. Jokovichni mag'lub etgan CHon 1/4 finalga etib kelgan birinchi koreyalik bo'ldi
Yakkalik bahslarining nimchorak final uchrashuvida koreyalik Xen CHon shov-shuv sababchisiga aylandi. Osiyolik raketka ustasi Australian Open musobaqasining olti karra chempioni serbiyalik Novak Jokovichni 7:6, 7:5, 7:6 hisobida mag'lub etdi.
Bu bilan CHon “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi musobaqalarda chorak finalga etib kelgan birinchi koreyalik tennischiga aylandi. 21 yoshli CHon 2007 yildan buyon Rojer Federer va Marat Safindan keyin Avstraliya Ochiq chempionatida Jokovichni uch setda mag'lub etgan uchinchi tennischi bo'ldi.
Denis Istomin bilan o'tkazilgan to'rtta uchrashuvdan
uchtasida g'alabaga erishgan Xen CHon endi yarim final chiptasi uchun amerikalik
Tennis Sandgrenga qarshi kortga chiqadi. Sandgren ham musobaqa kashfiyotiga aylanib
ulgurdi.
Fikrlar