24 jan 10:31
Yangiliklar
Tennis

Australian Open. Koreyalik tennischining ertagi davom etadi
Melburn shahrida o'tkazilayotgan “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionati o'zining qizg'in pallasiga kirdi.
Yakkalik bahslarida shov-shuv sababchisiga aylangan koreyalik Xen CHon chorak final uchrashuvida ham g'alabaga erishdi. Dunyoning 58-raketkasi amerikalik Tennis Sandgrenni 2 soatu 28 daqiqa davom etgan bahs yakunida 6:4, 7:6(5), 6:3 hisobida mag'lub etdi.
Koreyalik tennischi 7ta, ATP reytingida 97-po-onadan joy olgan Tennis esa 12ta eys zarbasini amalga oshirdi. CHon nimchorak finalda Australian Open musobaqasining olti karra chempioni serbiyalik Novak Jokovichdan 7:6, 7:5, 7:6 hisobida ustun kelgan edi. Endi u final chiptasi yo'lida shveycariyalik Rojer Federerga qarshi kortgi chiqadi.
Havola :
Fikrlar