24 jan 10:46
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/52789_220.jpg)
Australian Open. Kvitova - ilk finalchi!
SHu kunlarda Melburn shahri kortlarida tennis bo'yicha “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionati bo'lib o'tmoqda.
Bugun xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi musobaqada yarim final bosqich uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda. Bundan bir necha daqiqa avval ilk finalchining nomi malum bo'ldi.
Dunyoning oltinchi raketkasi chexiyalik Petra Kvitova reytingning 35-pog'onasidan joy olgan amerikalik Daniel Rouz Kollinzga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 36 daqiqa davom etgan bahsda Kvitova 7:6(2), 6:0 hisobida g'alaba qozonib, finalga yo'l oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar