27 jan 18:02
Yangiliklar
Tennis

Australian Open. Mattek-Sends va SHafarjova juftligi ikkinchi bor chempion!
Avstraliya ochiq chempionatining juftlik bahslarida Betani Mattek-Sends va Lyuciya SHafarjova juftligi g'olib bo'ldi.
Finalda bu juftlik chexiyalik Andrea Glavachkova va xitoylik SHuay Penni uch setda 6:7, 6:3, 6:3 mag'lub etib bosh sovrinni qo'lga kiritdi.
Etiborlisi Mattek-Sends va SHafarjova juftligi 2015 yildagi Avstraliya ochiq chempionatida ham chempion bo'lishgan edi.
Australian Open
Melburn, Avstraliya
16 – 29 yanvar 2017
Sovrin jamg'armasi – 50 000 000 Avstraliya dollari
Ochiq kortlar, xard
Juftlik bahslari
Final
Betani Mattek-Sends (AQSH) / Lyuciya SHafarjova (CHexiya) – Andrea Glavachkova (CHexiya) / SHuay Pen (Xitoy) 6:7, 6:3, 6:3
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar