21 jan 13:52
Yangiliklar
Tennis

Australian Open. Nadal 1/4 final ishtirokchisiga aylandi
Melburn shahrida o'tkazilayotgan “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionati o'zining qizg'in pallasiga kirdi.
Dunyoning birinchi raketkasi ispaniyalik Rafael Nadal nimchorak final uchrashuvida ATP reytingida 26-o'rinni egallab turgan Diego SHvarcmanni mag'lub etdi. Uch soatu 51 daqiqa davom etgan bahsda Nadal argentinalik raqibidan 6:3, 6:7(4), 6:3, 6:3 hisobida ustuni keldi.
O'ttiz
bir yoshli ispan tennischisi salkam 4 soat davom etgan uchrashuv davomida 7ta eys
zarbasini amalga oshirdi. Endi dunyoning birinchi raqamli tennischisi chorak finalda
xorvatiyalik Marin CHilichga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Fikrlar