16 jan 11:26
Yangiliklar
Tennis

Australian Open. Novak Jokovich ikkinchi davraga chiqdi
Serbiyalik tennischi Novak Jokovich Avstraliyadagi "Ulkan Toj"ni g'alaba bilan boshladi.
Ayni paytda reytingning 14-o'rnini egallab turgan tennischi ilk davrada Donald Yangga qarshi o'yin o'tkazdi.
1 soat 52 daqiqa davom etgan o'yinda Novak 6:1, 6:2, 6:4 hisoblarida g'alaba qozondi va ikkinchi davraga yo'l oldi.
U uchinchi bosqichga chiqish uchun Monfis/Munyara bahsi g'olibiga qarshi o'yin o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar