21 jan 13:54
Yangiliklar
Tennis
Australian Open. Plishkova Garbinga to'rtta geym berdi
Melburn shahri kortlarida tennis bo'yicha “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionati davom etmoqda.
Dunyoning sakkizinchi raketkasi Karolina Plishkova nimchorak finalda ortiqcha qiyinchiliksiz g'alabaga erishdi. CHexiyalik tennischi WTA reytingida 18-pog'onadan joy olgan ispaniyalik Garbin Mugurusani 6/3, 6/1 hisobida mag'lub etdi.
Ushbu uchrashuv roppa rosa 1 soat davom etdi. Endi 26 yoshli Plishkova Australian Open turnirining chorak finalida dunyoning birinchi raketkasi ruminiyalik Simona Xalep hamda amerikalik Serena Uilyams uchrashuvi g'olibiga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Fikrlar