23 jan 13:02
Yangiliklar
Tennis

Australian Open. Puil Raonichni musobaqadan chiqarib yubordi
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Melburn shahri kortlarida tennis bo'yicha “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionati bo'lib o'tmoqda.
Bundan bir necha daqiqa avval erkaklar o'rtasidagi musobaqaning yakkalik bahslarida chorak finaldan o'rin olgan yana bir uchrashuv yakuniga etdi. Unda kutilmagan natija qayd etildi.
Dunyo reytingida 31-o'rinni egallab turgan franciyalik Lukas Puil shov-shuvli yurishini davom ettirdi va bu safar kanadalik Milosh Raonichni to'rt set natijasiga ko'ra mag'lub etdi. Reytingning 17-pog'onasidan joy olgan Raonich 3 soatu 6 daqiqa davom etgan bahsda 6:7(4), 3:6, 7:6(2), 4:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar