14 jan 17:07
Yangiliklar
Tennis

Australian Open. Qura tashlandi, Istominning raqibi malum
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Melburn shahrida tennis bo'yicha “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionatining saralash bahslari o'tkazilyapti.
Bugun yilning to'rtta nufuzli turnirining dastlabkisida saralash bahslari yakunlanib, asosiy to'rga yo'llanma olgan barcha tennischilar malum bo'ldi.
Dunyoning 128 nafar saralangan raketka ustalari qatorida hamyurtiz Denis Istomin ham Avstraliya Ochiq chempionatining asosiy to'rida ishtirok etadi.
Qura natijasiga ko'ra, mamlakatimizning birinchi raketkasi ilk davrada xorvatiyalik Ivan Dodigga qarshi kortga chiqadigan bo'ldi. Bu uchrashuv g'olibi ikkinchi bosqichda katta ehtimol bilan dunyoning ikkinchi raketkasi, serbiyalik Novak Jokovich bilan to'qnash keladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar