17 jan 12:37
Yangiliklar

Australian Open. Rafael Nadal yurishini boshladi
Australian Open chempionlaridan biri ispaniyalik Rafael Nadal turnirdagi yurishini boshladi.
Jahonning beshinchi raketkasi bo'lib turgan Nadal Avstraliya Ochiq chempionati startida ATR reytingida 66-o'rinni egallab turgan amerikalik Markos Xironga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 45 daqiqa davom etgan uchrashuvda Rafa raqibini 6/1, 6/4, 6/2 hisobida mag'lub etdi. Ilgari tennischilar bir-birlari bilan uchrashishmagan edi.
Nadalning ikkinchi davradagi raqibi germaniyalik Yannik Ganfmann yoki avstraliyalik Tanasi Kokkinakis bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar