13 jan 16:16
Yangiliklar
Tennis

Australian Open. Sabina SHaripova ikkinchi o'yinida ham g'alaba qozondi
Avstraliya ochiq chempionati saralash bosqichida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Sabina SHaripova bugun ikkinchi bosqichda kortga tushdi.
U navbatdagi bosqichga chiqish uchun Xitoy Taypeyidan tashrif buyurgan tennischi Kay-CHen CHangga qarshi kortga chiqdi.
Dunyoning 114-raqamli tennischisiga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda sportchimiz 5:7, 6:1, 7:5 hisobida g'alaba qozondi va keyingi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Endilikda u keyingi bosqichga chiqish uchun, 13-raqam ostida saralangan rossiyalik tennischi Nataliya Viklyancevaga qarshi kurash olib boradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar