22 jan 11:22
Yangiliklar
Tennis
Australian Open. Sobolenko uchinchi davra uchrashuvida kortga chiqdi
Dunyoning ikkinchi raketkasi Arina Sobolenko Avstraliya Ochiq chempionatining uchinchi bosqich uchrashuvini o'tkazdi.
Belaruslik tennis malikasi 109 daqiqa davom etgan bahsda WTA reytingida 41-o'rinni egallab turgan chexiyalik Marketa Vondroushovani uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 4/6, 6/3, 6/1.
Arina kortda o'tkazgan daqiqalari davomida 1 ta, Marketa esa 6 ta eys zarbasini ijro etdi. Sobolenko to'pni o'yinga kiritishda 11 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob Arina foydasiga bo'lib turibdi - 3:1.
Endi 23 yoshli Sobolenko Australian Open turnirining to'rtinchi davrasida estoniyalik Kayya Kanepiga qarshi kortga chiqadi. Kanepi o'z o'rnida avstraliyalik Meddison Inglisdan 2/6, 6/2, 6/0 hisobida ustun keldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar