18 may 16:28
Yangiliklar
Tennis
Azarenko bir kunda uchta uchrashuv o'tkazdi
Belaruslik Viktoriya Azarenko Rimdagi "Premer" toifasiga kiruvchi turnirda o'ziga xos rekord qayd etdi.
Dunyoning sobiq birinchi raqamli tennis malikasi kecha, 17 may kuni uchta uchrashuvda kortga chiqdi: yakkalik va ikkita juftlik.
Viktoriya avvaliga yakkalik musobaqasining chorak finalida chexiyalik Karolina Plishkovaga yutqazib qo'ydi. Keyin avstraliyalik Eshli Barti bilan juftlikda chexiyalik Barbora Strikova va Xitoy Taypeyi vakilasi Se Su-Veydan ustun keldi.
SHu kunning o'zida Azarenko va Barti juftlikning chorak finalida Aleksandra Sosnovich hamda Lesey Curenko hamkorligini ham mag'lub etishning uddasidan chiqishdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar