02 okt 12:00
Yangiliklar
Tennis

Bagdatisning Istominga qarshi o'yindan keyingi fikrlari qanday bo'ldi?
Kiprlik tennischi Markos Bagdatis CHendudagi turnir finalida jarohati sabab Istominga qarshi o'yinni oxirigacha etkaza olmadi.
"Hafta davomida meni belimdagi og'riqlar bezovta qildi. 1/2 final bahsidan so'ng esa spazma boshlandi. Final kuni ham muamoolar bartaraf etilgani yo'q. CHigalyozdi mashg'ulotlardan so'ng esa yanada yomonlashdi.
1,5 soat davomida fizioterapevt men bilan ishladi. Dastlabki 3-4 geym vaqtida barchasi joyida edi. Ammo, og'riqlar yana o'zi haqida eslatdi. Belimda bungacha ham muammolar bo'lgandi. Lekin, bu darajada jiddiy bo'lmagandi.
Afsus, musobaqa men uchun shu tarzda yakunlandi. Umuman, finalda ishtirok etishning o'zi men uchun muvaffaqiyat", - deydi Bagdatis.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar