04 okt 10:10
Yangiliklar
Futbol

Balotellining qizil kartochkasi bekor qilindi
Franciyaning “Nicca” klubi hujumchisi Mario Balotellining qizil kartochkasi bekor qilindi.
Italiyalik futbolchi mamlakat chempionatining 8-turida “Loryan” (2:1) klubiga qarshi kechgan uchrashuvda qizil kartochka olgan edi. Maydondan chetlatilishi oldidan u gol kiritishga ham muvaffaq bo'lgandi.
Franciya futbol federaciyasi tartib-intizom qo'mitasi vaziyatni qayta ko'rib chiqqach, Marioning kartochkasini bekor qildi. Lequipe nashrining xabariga ko'ra, bosh hakam Olive Tyual o'z xatosini tan olgan.
SHu tariqa, 26 yoshli Balotelli 14 oktyabr kuni “Lion”ga qarshi kechadigan uchrashuvda maydonga tusha oladi. Mario Franciya chempionatida 3ta uchrashuvda maydonga tushib, 5ta gol kiritgan.
Havola :
Fikrlar