09 iyu 14:59
Yangiliklar
Tennis
Barti ertaga elon qilinadigan WTA reytingida 2-o'rinda bo'ladi
Avstraliyalik 23 yoshli tennischi Eshli Barti o'z faoliyatida ilk bor “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi “Rolan Garros” turniri g'olibasiga aylangandi.
Yashil qitasi vakilasi bu tarixiy natijasi evaziga ertaga elon qilinadigan WTA reytingida ikkinchi o'ringa ko'tarilib oladi. Bu bilan Eshli Avstraliya tennisida 1976 yildan beri saqlanib turgan rekordga yaqinlashadi.
1976 yilda avstraliyalik Ivonn Gulagong-Kouli ayol tennischilar reytingi karvonboshisi bo'lgan. SHuningdek, Barti sakkizinchi raqam ostida tasniflanib, “Katta Dubulg'a” chempioni bo'lish bo'yicha 2011 yilgi natijani takrorladi. Bundan 8 yil avval chexiyalik Petra Kvitova chempion bo'lgandi.
Havola :
Fikrlar