04 sen 08:25
Yangiliklar

Basketbol. AQSHning Jahon chempionatidagi navbatdagi g'alabasi
Jahon chempionati tarixida ilk marotaba musobaqaning final bosqichida dunyoning 32 terma jamoasi ishtirok etmoqda. SHu paytgacha jahon chempionatining final bosqichida 24 ta terma jamoa qatnashgan.
Bu galgi jahon chempionati Tokio-2020 Olimpiadasiga yo'llanma berishi bilan ham ahamiyatlidir. Jahon chempionatida kuchli ettilikdan joy olgan terma jamoalar Olimpiya o'yinlari yo'llanmasiga ega chiqishadi. Keyingi pog'onalardan joy olgan 16 mamlakat jamoalari esa olimpiya kvalifikacion turnirida qatnashish huquqini qo'lga kiritadi.
Jahon chempionatining “E” guruhida ishtirok etayotgan AQSH terma jamoasi ikkinchi g'alabasiga erishdi. Bu safar amerikaliklar overtaymda Turkiya terma jamoasini 93:92 hisobida taslim etishdi. Guruhning ikkinchi uchrashuvida Yaponiya terma jamoasi chexiyalik basketbolchilardan 76:89 hisobida ustun keldi.
Kunning qolgan o'yinlari:
“F” guruhi
CHernogoriya – Yangi Zelandiya 83:93 (26:31, 18:22, 21:13, 18:27)
Braziliya – Greciya 79:78 (15:19, 15:21, 26:13, 23:25)
“G” guruhi
Germaniya – Dominikan Respublikasi 68:70 (21:16, 18:21, 13:18, 16:15)
Iordaniya – Franciya 64:103 (18:25, 15:25, 17:28, 14:25)
“N” guruhi
Avstraliya – Senegal 81:68 (18:16, 18:17, 24:17, 21:18)
Litva – Kanada 92:69 (24:14, 22:22, 24:18, 22:15)
Fikrlar