So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

30 apr 07:53
Yangiliklar

Boshqalar

Basketbol Vatani vakillari Toshkentda

Poytaxtimizning Mirzo Ulug'bek tumanidagi 211-sonli umumtalim maktabiga “Harlem Globetrotters” basketbol jamoasi tashrif buyurdi.

O'zbekiston Xalq talimi vazirligi tomonidan AQSHning mamlakatimizdagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur tashrif doirasida yoshlar o'rtasida basketbol bo'yicha o'quv o'yinlari hamda maktablarda bullingga (zo'ravonlikka) qarshi “T.E.A.M, Up at School” dasturi asosida mahorat darsi va seminar-treninglar o'tkazilishi belgilangan.

Bundan ko'zlangan maqsad o'quvchilarda jamoaviy ishlash, stress va emocional holatni boshqarish, bu orqali bullingga qarshi kurashish ko'nikmasini shakllantirishdan iboratdir.

Mashg'ulotlar va bullingga qarshi dasturdan tashqari “Harlem Globetrotters” jamoasi 26, 28 va 30 may kunlari Toshkentdagi “Humo Arena” majmuasida “Washington Generals” jamoasi bilan musobaqa o'tkazadi. Etiborli jihati, shu tariqa jamoa dunyoning 124 mamlakatiga tashrif buyurib, Ginnes rekordini yangilaydi.

313.JPG

Malumotlarga ko'ra, “Harlem Globetrotters” yaxshi niyat elchilari sifatida 1950 yildan buyon AQSH davlat departamenti bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Ayni paytda “Harlem Globetrotters” Amerikaning noyob basketbol jamoasi bo'lishi bilan bir qatorda millionlab odamlarni basketbolga oshno etib, olti qitada o'zaro do'stlik va bir-birini tushunish tuyg'ularini mustahkamlashga hissa qo'shmoqda. 2003 yildan buyon davlat departamentining talim va madaniyat masalalari byurosi “Sport elchilari” dasturi doirasida 250 nafar amerikalik sportchilarni 85 dan ortiq mamlakatga yubordi.

Basketbolchilarning Namangan, Farg'ona va Andijon viloyatlarida bo'lishi ham rejalashtirilgan.

321.JPG

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing