15 sen 13:15
Yangiliklar
Tennis

Batumi. Nigina Abduraimova turnirning birinchi raketkasini mag'lub etib, finalga chiqdi
Gruziyada qizlar o'rtasida mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Tennischimiz Nigina Abduraimova bugun yarim finalda turnirning birinchi raqamli tennischisi hisoblangan slovakiyalik Viktoriya Kuzmovaga qarshi kortga chiqdi.
1 soat 27 daqiqa bo'lib o'tgan o'yinda Nigina raqibini 6:4, 6:4 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi va finalga yo'l oldi.
U finalda Nina Stoyanovich / Anna Kalinskaya o'yini g'olibiga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar