26 iyu 09:01
Yangiliklar

Baturov, Aslanov va Saidrahimov Qitalar jangi turnirining superfinal janglarini o'tkazishdi + FOTOGALEREYA
Bizning vaqt bilan tunda bo'lib o'tgan janglarida Osiyo terma jamoasi safida harakat qilgan BoboUsmon Baturov, Odiljon Aslanov va Madiyar Saidrahimov Rossiya terma jamoasi vakillariga qarshi ringga ko'tarilishdi. Afsuski, barcha bokschilarimiz raqiblariga mag'lub bo'lishdi. Beshta jangdan faqatgina bittasida Osiyo vakillari, yani, Tojikiston vakili Bahodur Usmonov raqibini mag'lub etdi. Umumiy hisob esa 4:1 - Rossiya foydasiga.
Super final natijalari:
-63 kg: Aleksandr Devyatov — Bahodur Usmonov (Tojikiston)
-68 kg: Xariton Agrba — BoboUsmon Baturov (O'zbekiston)
-75 kg: Pavel Sosulin — Saparbay Aidarov (Qozog'iston)
- 80 kg: Pavel Silyagin — Odiljon Aslonov (O'zbekiston)
- 92 kg: Muslim Gadjimagomedov — Madiyar Saidrahimov (O'zbekiston).
SHu tariqa, Ravshan Xodjaev boshchiligidagi Osiyo terma jamoasi musobaqada ikkinchi o'rinni egallashdi.
Eslatib o'tamiz, Osiyo terma jamoasi musobaqa doirasida Afrika va Amerika terma jamoalarini mag'lubiyatga uchratishgandi.
Fikrlar