17 dek 13:12
Yangiliklar
Futbol
"Bavariya" va "CHelsi" Argentina terma jamoasi o'yinchisiga qiziqmoqda
Argentinalik futbolchi Lukas Okamposga "Bavariya" va "CHelsi" klublari qiziqish bildirmoqda.
"Sevilya" hujumchisi uchun "Bavariya" bosh davogar bo'lib turibdi. 25 yoshli futbolchiga shuningdek "CHelsi" ham qiziqish bildirmoqda.
Okamposning ispan klubi bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan.
Futbolchi joriy mavsum barcha turnirlarda 18ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 1ta assist qayd etgan. Eslatib o'tamiz, Lukas shu yildan Argentina terma jamoasi sharafini himoya qilmoqda.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar