26 iyu 17:00
Yangiliklar
Baydarka va kanoechilarimiz jahon chempionatiga jo'nab ketishdi
Sportchilarimiz ushbu turnirda ishtirok etish uchun bugun Ruminiyaga jo'nab ketishdi. Yilning ushbu nufuzli musobaqasida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ham to'liq tarkibda ishtirok etadi. Jahon chempionati ikki yosh toifasida - 18 va 23 yoshli eshkak eshuvchilar o'rtasida bo'lib o'tadi. O'smirlar o'rtasidagi bahslarda German Arnold, Anton Kalameykov, Inkor Usmonov, Temur Haydarov kabi 8 nafar sportchimiz yurtimiz sport sharafini himoya qiladi. Yoshlar tarkibidan 7 nafar eshkak eshuvchimiz joy olgan. Murabbiylarimiz ular orasida SHoxrux Azamov, Javohir Nurmatov, Nilufar Zokirova va Yuliya Coyning imkoniyatini yuqori baholashyapti. Terma jamoamiz azolari bugun boshlanadigan jahon chempionatining barcha dasturlari bo'yicha startga chiqishadi.
Fikrlar