10 may 15:19
Yangiliklar
Eshkak eshish
Artur Guliev Jahon kubogida kumush medalni qo'lga kiritdi
Vengriyaning Seged shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha jahon kubogi bosqichi bo'lib o'tmoqda.
Unda ishtirok etayotgan O'zbekiston terma jamoasi 1 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor bo'ldi. 200 metr masofaga kechga kanoechilar bahsida amaldagi jahon chempioni Artur Guliev 38.17 soniya bilan kumush medalga ega chiqdi.
Bundan tashqari, 200 m masofaga kechgan juftlik yo'nalishidagi kanoechilar bellashuvida SHohsanam SHerzodova hamda Nilufar Zokirova juftligi bronza medalini qo'lga kiritdi.

Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar