30 okt 10:45
Yangiliklar
Tennis

Bazel (ATP). CHilich va Nisikori finalda
SHveycariyaning Bazel shahrida tennis bo'yicha nufuzli ATP turniri o'z yakuniga etib bormoqda.
Bugun musobaqaning hal qiluvchi final uchrashuvi o'tkazilib, g'olib nomi malum bo'ladi. Kecha o'tkazilgan yarim final uchrashuvida kutilgan natijalar qayd etildi.
Turnirning uchinchi raketkasi yaponiyalik Kei Nisikori lyuksemburglik Jill Myullerni 4:6, 7:6, 6:3 hisobida mag'lub etdi. Ikkinchi yarim final uchrashuvida xorvatiyalik Marin CHilich germaniyalik Misha Zverevdan 4:6, 7:5, 6:3 hisobida ustun keldi.
YARIM FINAL
Kei Nisikori (Yaponiya, 3) – Jill Myuller (Lyuksemburg) – 4:6, 7:6, 6:3
Marin CHilich (Xorvatiya, 4) – Misha Zverev (Germaniya) – 4:6, 7:5, 6:3
Havola :
Fikrlar