23 sen 12:26
Yangiliklar
Beatris Mayya Seul turniri g'olibasiga aylandi
Musobaqa bosh sovrini Darya Kasatkinaga nasib etdi. Braziliyalik tennis malikasi hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning 13-raketkasi bo'lib kelgan rossiyalik Darya Kasatkinani uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 1/6, 6/4, 6/1. Beatris finalgacha reytingning 17-pog'onasidan joy olgandi.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Beatris oldinda bormoqda - 3:1. Bir soatu 52 daqiqa davom etgan final bahsida Xaddad Mayya 2 ta eys, 4 ta breykni amalga oshirib, 3 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi.
Bu Xaddad Mayya uchun mavsumdagi birinchi, faoliyatidagi to'rtinchi WTA sovrini bo'ldi. Ushbu g'alabasi evaziga u bugun elon qilingan reytingda Top-15`ga qaytdi. Hana Bank Korea Open turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Beatrisga 500 reyting ochkosi hamda 142,000 dollar mukofot puli keltirdi. Kasatkina esa 325 ochko va 87,655 dollar ishlab oldi.
Fikrlar