13 iyu 15:41
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/14272_220.jpg)
Bedene: "Istomin birinchi setni yutganida ham, muvaffaqiyatga erishishimga ishongandim"
Britaniyalik tennischi Alyaj Bedene Denis Istominga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Birinchi setdagi mag'lubiyatdan keyin ham kurashishda davom etdim va yakunda g'alaba qozondim. O'yinni yaxshi saviyada o'tkaza oldim deb o'ylaman. Kortga bemalol joylashib oldim va kuchli zarbalar bera oldim. Birinchi setni yutqazib qo'yganimda ham muvaffaqiyatimga ishongandim", - deydi tennischi.
Eslatib o'tamiz, kecha Gollandiyadagi turnirda tennischimiz Denis Istomin unga 6:3, 2:6, 1:6 hisoblarida yutqazib qo'ydi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar