So’nggi yangiliklar

18:30Царукян Топурияга жавоб қайтарди: "Қўрқув бу - ҳақиқий рақибдан қочиш" 0 18:07Афруза Ҳамдамова Қозоғистондаги турнирдаги ғолиблик орқали 51 балл ишлаб олди 0 17:45"Идеал вариант". Илия Топурия кейинги жангини қачон ўтказмоқчи эканини айтди 0 17:23Фофанага қизиқувчилар сони ортмоқда: Англиядан икки таклиф бор 0 17:00Топурия Гэтжи билан жанг қилишни истамаяпти 0 16:38Эмма Радукану "Уимблдон"да муваффақиятли старт олди 0 16:16Темиров - Алмабаев жанги ғолибига даъвогар билан жанг қилиш таклифи берилди 0 15:55Станислав Черчесов: "Нега Ўзбекистон мундиалдаги "сюрприз" жамоа бўлмаслиги керак?" Станислав Черчесов билан эксклюзив интервью 0 15:28Топурия: "Царукян қўрқиб қолган. У жанг қилмаслиги аниқ бўлганда вазн қила олади" 0 15:05Уимблдон. Амалдаги чемпион 4,5 соатлик учрашув ўтказди 0 14:42WBA рейтинги янгиланди: Шаҳрам ва Бектемир биринчи ўринда қолди. Қолганларнинг ўрни қандай? 0 14:21Алонсонинг биринчи "қурбони": "Реал" устози ҳимоячиларнинг биридан воз кечди 0 14:00Уимблдон. Дунёнинг биринчи ракеткаси бошлади 0 13:39Пантожа Жошуа Ван билан декабрь ойида жанг қилишга тайёр 0 13:18“Шунқорлар” – 2025: Андижон вилояти жамоаси кубокнинг янги соҳиби! 0

17 iyu 11:53
Yangiliklar

Kurash

Bekbergan Baltaev: Maqsadimiz - yurtimiz sporti dovrug'ini ulug'laydigan polvonlarni voyaga etkazish

Belbog'li kurash – elimizning milliy qadriyati, urf-odati, qolaversa, vatanparvarlik va insonparvarlik timsoli hisoblanadi.

Mubolag'a emas, ushbu milliy sport turi qadimdan xalqimizning, asosan, yoshlarning sevimli mashg'ulotlaridan biriga aylangan. Polvonlar esa to'ylar-u sayillarda, ommaviy tomoshalarda   bel olishib, o'z mahoratini namoyish etgan. Hozirda ham etti yoshdan etmish yoshgacha bo'lgan hamyurtlarimiz  kurash gilamiga chiqishni kanda qilishmaydi.

Xorazm viloyati belbog'li kurash federaciyasi ijrochi direktori, O'zbekiston xalq talimi hamda Jismoniy tarbiya va sport alochisi,  xalqaro toifadagi hakam  Bekbergan Baltaev bilan kechgan suhbatimiz aynan shu haqda bo'ldi.

Bizning malumot:

Bekbergan Baltaev, Yangibozor tumanida tug'ilgan, hozir 46 yoshda. Yangibozor tumani  bolalar-o'smirlar sport maktabining  oliy toifali treneri.

-O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi nominaciyasi bo'yicha:

-2012 yilning “Eng yaxshi yoshlar murabbiyi”.

-2014 yilning “Eng yaxshi hakami”.

SHuningdek:

- Turkmaniston davlatining poytaxti Ashxabod shahrida o'tkazilgan kattalar o'rtasidagi va Rossiyaning Tulyachi shahrida tashkil etilgan yoshlar orasidagi jahon chempionatlarida hakamlik qilgan. 

- 2015 yili Rossiyaning  Orenburg shahrida kattalar o'rtasida uyushtirilgan jahon kubogi musobaqasida qatnashgan O'zbekiston terma jamoasi delegaciyasining rahbari bo'lgan.  

- O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi  kengashi azosi.

 

- Bekbergan Rahmonovich, suhbatimiz avvalida belbog'li kurashning tarixi haqida muxtasar to'xtalib o'tsangiz ...

- Belbog'li kurashning tarixi uch ming yillarga borib taqaladi. U avvallari asosan, Farg'ona vodiysi va unga tutash hududlarda, shuningdek, Toshkent, Sirdaryo viloyatida keng tarkalgan edi. Manbalarda yozilishicha, bu kurash Temuriylar davrida ham xalqimizning sevimli mashg'ulotiga aylangan. Tomoshabinlar esa kurashchilarning usullaridan bahra olib, miriqib hordiq chiqarishgan. Bir paytlar belbog'li kurash  “farg'onacha kurash” nomi bilan ham yuritilgan bo'lib, bayram marosimlari ushbu kurashsiz o'tmagan. Bugungi kunda belbog'li kurash O'zbekistonning qolgan viloyatlari,  Qoraqalpog'iston respublikasida ham jadallik bilan ommaviylashib bormokda. Bunga hukumatimiz tomonidan milliy sport turlarini yanada rivojlantirish bo'yicha olib borilayotgan islohotlar dasturilamal vazifasini o'tamoqda. Albatta, bu borada O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirovning say-harakatlari va izlanishlari ham etirofga loyiqdir.

- Kurash va belbog'li kurashning farqi nimada, o'zi?

- Belbog'li kurashchilar bir-birining bellaridagi belbog'laridan ushlab kurash tushishadi. Ular raqibini oyoqlarini erdan uzgan holda dast ko'tarib yiqitishadi. Agarda, usul bajarilayotganda sportchining qo'li belbog'dan chiqib ketsa yoki oyoqlarini erdan uzmasdan chil bersa  va yiqitsa hisobga olinmaydi. Kurash ustalari esa tik turgan holda harakat qilishadi. Polvonlar bir-birlariga karagan holda yoqasidan, belidan ushlab oyoqlariga har xil chillar berib yikitishi mumkin. Kurash va belbog'li kurashning o'xshash tomoni shundaki, kurashchilarimiz davlatimiz ramzi sanalgan bayrog'imiz ranggi - ko'k va yashil matodan tikilgan yaktakda davraga chiqishadi, ishtonlari ham bir xil - oq rangdan iboratdir. Faqat belbog'ida farqi bor. Asosiysi, ikkala kurashimiz ham milliy qadriyatimiz, manaviyatimiz va marifatimiz asosida qurilgan.


- Belbog'li kurash Xorazm viloyatida qachondan buyon faoliyat yurityapti?

Binobarin, belbog'li kurash vohamizda yangi sport turi hisoblanadi. Ushbu sport turi maktab o'quvchilarining “Umid nihollari”, kasb-hunar kollejlari va akademik licey o'quvchilarining “Barkamol avlod” va oliygohlar talabalarining “Universiada” sport o'yinlari dasturiga kiritilgach, yurtimizning barcha go'shasida rivojlanishga yuz tutdi. Jumladan, uning viloyatimizga kirib kelganiga o'n etti yilcha bo'lib qoldi. Bugungi kunda Yangibozor, Gurlan, SHovot, Qo'shko'pir va Xonqa tumanlarida 300 nafardan ziyod o'g'il va qizlar tajribali murabbiylar qo'l ostida shug'ullanishmoqda.


- SHu o'rinda xorazmlik belbog'li kurashchilarning natijalari xususida so'zlab bersangiz?

- Bu borada havas qilsa arzigulik ko'rsatkichlarimiz bor. Vaholanki, ko'plab sportchilarimiz o'tgan yillar maboynida nafaqat mamlakatimiz, xalqaro miqyosdagi musobaqalarning shohsupasiga ko'tarilishdi. CHunonchi, yangibozorlik Zamira Ahmedova ayollar o'rtasida, Rahmatjon SHomurotov erkaklar orasida belbog'li kurash bo'yicha xorazmlik ilk jahon chempioni bo'ldi. Ular o'z vazni toifasida dunyoda bir necha bor tengsiz, deb topilgan. Hatto, Zamira 2013 yili Rossiya zaminida uyushtirilgan butunjahon talabalarining XXVII yozgi Universiadasida uchinchi o'rin egasiga aylandi. Qolaversa, u ikki marta “O'zbekistonning eng yaxshi ayol belbog'li kurashchisi” nomini qo'lga kiritdi. Mubolag'a emas, o'tgan yil ham sportchilarimiz uchun omadli keldi. Rossiya federaciyasining Qozon shahrida belbog'li kurash (borba na poyasax) bo'yicha kattalar o'rtasida uyushtirilgan jahon chempionatidan Begoyim Rahimboeva kumush, Ullijon Davletova bronza medali bilan qaytishdi. SHuningdek, Nusrat Yo'ldoshev, Mohinur Rahmonova, Mashhura Qo'zieva, Sevinchoy O'razboeva, SHoira Qalandarova singari yosh belbog'li kurashchilarimiz yoshlar va o'smirlar orasidagi  jahon chempionatlarining sovrindori bo'lishdi. Ha aytgancha, Xorazm viloyati belbog'li kurash federaciyasi ham bir necha marta mamlakatimizning “Eng yaxshi federaciyasi” bo'ldi. Qolaversa, 2019 yil yakunlari bo'yicha “Yilning xalqaro musobaqalardagi eng faol viloyat federaciyasi” nominaciyasi g'olibligi ham bizga nasib etdi. Bundan quvonchimizning cheki yo'q, albatta.


- Kelajakdagi maqsadlaringiz nimalardan iborat?

- Orzularimiz bisyor. Yoshlarimizni vatanimizga sadoqatli, elimizga mehr-muruvvatli, jismonan sog'lom va manan barkamol avlod vakili sifatida tarbiyalash asosiy vazifamizdir. Buning barobarida, shogirdlarimiz orasidan mamlakatimiz sporti dovrug'ini olamga yoyadigan ko'plab polvonlarni voyaga etkazishni niyat qilganmiz. Maqsadlarimizning ro'yobga chiqishi uchun shart-sharoit va imkoniyatlarimiz etarli.


- Niyatlaringiz ushalishini tilab qolamiz.

So'ng so'z o'rnida: SHu paytgacha xorazmlik belbog'li kurashchilar orasidan 2 nafar xalkaro toifadagi sport ustasi, 15 nafardan ziyod sport ustasi va 100 nafardan oshiq sport ustaligiga nomzod  sportchilar tayyorlandi. Ommaviy toifadagi belbog'li kurashchilar ham talaygina. Hozircha, ulardan 10 nafari O'zbekiston terma jamoasiga azo hisoblansa,  8 nafari terma jamoaning zaxira tarkibidan o'rin olgan. 


Ikrom  XUDOYBERGANOV suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing