04 apr 16:37
Yangiliklar
Ot Sporti
Bekzod Qurbonov Jahon kubogining finaliga Amerikada tayyorlanmoqda
8-12 aprel kunlari AQSHning Fort-Uert shahrida ot sportining konkur yo'nalishi bo'yicha Jahon kubogining final bosqichi bo'lib o'tadi.
Dunyoning eng kuchli 36 sportchisi ishtirok etadigan mazkur musobaqada yurtdoshimiz Bekzod Qurbonov ham qatnashadi.
Sportchimiz hozirda AQSHga etib borgan va "Matts VG" laqabli tulpori bilan musobaqaga so'nggi tayyorgarlik mashg'ulotlarini olib bormoqda. Qayd etish joiz, ushbu turnirda sportchilar 160 sm balandlikdagi to'siqlardan sakrash bo'yicha bahs olib borishadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar