So’nggi yangiliklar

14:30UFC эгаси Оқ уйдаги турнир учун кард ҳозирнинг ўзида ишлаб чиқилаётганини маълум қилди 0 13:55Артур Бетербиев Дмитрий Бивол билан эҳтимолий учинчи жанг ҳақида маълумот берди 0 13:24Тонали "Реал"га ўз хизматларини таклиф қилди. Мадридликларнинг жавоби маълум 0 12:37Усик ўз промоутерлик компаниясини қайта ишга туширди 0 11:16Майк Тайсон: "Мен ўзимдан шу қадар нафратланардимки, ҳатто ўлгим келарди" 0 10:55UFC Fight Night 266. Тўрт жангчи вазн қила олмади, улар орасида Муин Гафуров ҳам бор 0 10:34Пеп Гвардиола: "Ливерпуль" ўзгача жамоа бўлиб қолаверади" 0 10:13Теннисчимиз Лайма Владсон Анталиядаги турнирда 1/2 финалга чиқди 0 09:52Камару Усман Шавкат Раҳмоновнинг UFC рейтингидан чиқариб ташланганига муносабат билдирди 0 09:31Жон Жонс касаллигига қарамай, Оқ уйда жанг қилишга тайёр 0 19:18"Барселона" ва "Атлетико" "Тоттенхэм" футболчиси учун кураш олиб бормоқда 0 18:51Сауль Альварес кейинги рақибини танлади, музокаралар кетяпти 0 18:24"Хабиб ва Исламни жуда яхши кўраман, лекин...". Кормье америкалик жангчиларнинг чемпионлик эҳтимоли ҳақида гапирди 0 17:56Жастин Гэтжи Илия Топурия билан эҳтимолий жанг муддати ҳақида гапирди 0 17:28"Челси" Хулиан Альварес учун курашга қўшилди 0

10 may 12:19
Yangiliklar

Boshqalar

Belbog'li kurash. Sport bayramiga aylandi turnir

Teglar :  Belbog'li kurash
9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o'tkazilgan bu yilgi belbog'li kurash bo'yicha ananaviy Respublika ochiq turniri har qachongidan-da ko'taringki kayfiyatda o'tdi, sport bayramiga aylanib ketdi. 

9 may. Erta tong. Hali keksa Quyosh o'z “sandig'i”dan ko'tarilib ulgurmay , oftob zaminniqizdirmasdan burun Toshkent viloyatining eng sulum hududlaridan bo'lmish Parkent tumani markazi kuchalari bo'ylab belbog'li kurash shaydolarining kurash arenasi tomon  oshiqayotganiga guvoh bo'lish mumkin edi. CHunki o'sha kun tuman istirohat bog'i markazidagi maxsus kurashxonasida shundayam kurash musobaqasi bo'ldiki, uning oshnolari. muxlislari aylana shaklidagi ochiq arenaga hatto, sig'may qoldi. Bu kurashning nomi - belbog'li kurash bo'ldi, uning tarixi uzoq o'tmishga borib taqaladi, bu bizning milliy sport turimiz sanaladi. Har yili ham shunday bo'ladi. Har yili ham muxlislar o'z polvoni kurash tushib, raqibini belidan dast  ko'targan holda aylantirib yiqitsa, olqishlashini ko'ring. Bu yil ham shunday bo'ldi. Bu yil ham ayniqsa, parkentliklar mezbon polvonlarning har bir chiqishini zo'r ishtiyoq va qiziqish bilan kutib olishdi. Agar ilk bor bu holatni ko'zatgan kishi guyoki futbol bo'yicha nufuzli bellashuvga guvoh bo'lganday sezadi o'zini. Mubolag'a emas, rosti xuddi futboldagi singari  kurash boshlanmay turib arena muxlislar bilan to'lib toshdi. Hatto kurash arenasiga sig'may qolgan ko'plab muxlislar bog'ning bir chetida o'rnatilgan manitor orqali kurash jarayonlarini kuzatib borishganiga nima deysiz?   Qo'shni Tojikiston Respublikasidan kelgan yigirmadan ortiq polvonlarningishtiroki  turnirni yanayam qiziqarli, chiroyli va shiddatli o'tishini taminladi.

Dastlab turnirning tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Marosimda so'z olgan Parkent tumani hokimi Nematjon Abdullaev, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov va boshqalar ming yillardan beri millatimizning shani, g'ururi bo'lib kelgan milliy sport turlarimiz, xususan, belbog'li kurash Mustaqillik yillarida yanada rivoj topayotganligi anana va qadriyatlarimizning naqadar teran ildizlarga ega ekanligidan darak berishini takidlab o'tishdi, o'tmishda parkentlik kuragi er ko'rmagan nomdor polvonlar  yodga olindi. Turnirda ishtirok etayotgan barcha polvonlarga omad yor bo'lishini tilashdi.Madhiyamiz sadolari yangragach, kurash boshlandi.     200 nafardan ortiq polvonlar shu kuni o'nta vazn toifasida g'oliblik uchun kurash olib borishdi.  Kunning birinchi yarmida barcha vazn toifalarida yarim finalgacha bo'lgan bosqichlar bo'lib o'tdi.  Tushlik tufayli tanafusdan so'ng  muxlislarning olqishidan, qo'llab-quvvatlab turishidan ruhlangan musobaqa ishtirokchilarining kuchiga kuch qo'shildi, desak mubalag'a bo'lmas. Parkent va Piskent tumanlari  polvonlarining bir-biriga asosiy raqib bo'lishi   natijasida ko'pchilik  Toshkent viloyati sportchilari  g'oliblikni tantana qilishdi. Biroq vodiy viloyatlari, Tojikiston Respublikasi, Toshkent shahri, Navoiy, Buxoro, Sirdaryo kabi viloyat  polvonlari ham mezbonlarga etarlicha qarshilik ko'rsatib, kuchli uchlikdan munosib joy olishga erishdi.  Bayramona tarzda o'tgan  bellashuvlarning so'nggida natijalar quyidagicha ko'rinish oldi.


Turnirning g'olib va sovrindorlari:

- 45 kg.: 1. Husan Azimov (ROZK), 2. Ortiq Anborboev (ROZK), 3. Salim To'xtamurodov (CHirchiq OZK), 3. Bunyod Abduqaxxarov (ROZK). 

- 50 kg.: 1. Doniyor Abdurahmonov (Parkent t.), 2. Hasan Azimov (ROZK), 3. Jasur SHodmonov (Parkent t.), 3. Rustam Usmonov (Parkent t.).

-55 kg.: 1. Doston Suyunov (Olmaliq sh.), 2. Husanboev Nosirov (Andijon), 3. Xalil Risqiboev (Parkent .),  3. SHahzod Abdurahmonov (Parkent .)

- 60 kg.: 1. Bekzod Abdurahmonov (Parkent t.), 2. Mardon Kimsanboev (Toshkent sh.), 3. Fayzulla Ummatov (Sirdaryo), 3. Xamroz Xoldorov (Parkent t.).

- 66 kg.: 1. Zufar Risqiboev (Parkent t.), 2. Imomali Umrzoqov (Toshkent sh.), 3. SHahriddin Xayriddinov (CHirchiq OZK), 3. Otabek Umrboev (Sirdaryo).

- 73 kg.: 1. Ilhomjon Mashrabov (Andijon), 2. Sardor To'laev (CHirchiq OZK), 3. Diyor Maqsudov (CHirchiq OZK), 3. Bobur Mahamatov (Parkent t.).

+ 81 kg.: 1. SHohjahon Ortiqov (Sirdaryo), 2. Eldor Nematov (Toshkent v.), 3. Nodir Ahatjonov (ROZK), 3. Farruxjon Abdullaev (Navoiy).

-90kg. : 1. Rustam Umarov (Namangan), 2. SHahboz Ergashev (CHirchiq OZK), 3. Elyor Erdanov (Navoiy), 3. Umidjon Xolmatov (Toshkent sh.).

-100 kg.: 1. Azamjon Anvarjonov (Andijon), 2. Nuriddin Mahamatov (Parkent t.), 3. Baxtiyor Jumaboev (Sirdaryo), 3. Sardor Nazarov (Toshkent v.).

+100.: 1. Bobur To'xtasinov (Farg'ona), 2. G'olib Ahmedov (Piskent t.), 3. Hislat Pirmatov (Parkent t.), 3. Bobomurod SHodiev (Buxoro).


Kuchli uchlikni egallagan polvonlar turnir tashkilotchilari tomonidan medal, diplom, pul mukofotlari va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

- Bugun mamlakatimizda barcha sohalar kabi jismoniy tarbiya va sportga berilayotgan yuksak etibor natijasida ommaviylik taminlanmoqda, iqtidorli sportchi-yoshlar soni ko'paymoqda, - deydi turnir bosh hakami, belbog'li kurash bo'yicha yoshlar milliy terma jamoasi bosh murabbiy Usmon Mahamatov. – Ananaviy tarzda o'tkazilayotgan bugungi turnirda iqtidorli polvonlarni ko'zatish mumkin. Albatta, bunday sport bayramiga aylangan bellashuvni tashkil etishda yaqindan ko'mak bergan tuman hokimligiga, homiylarga, barcha belbog'li kurashni yaxshi ko'ruvchi parkentliklarga, Toshkent viloyati belbog'li kurash federaciyasiga polvonlarimiz nomidan rahmat aytmoqchiman.   Bunday turnir va musobaqalar terma jamoamizga kuchlilarni saralab berishda xizmat qiladi. Joriy yilgi xalqaro musobaqalarda yuqori o'rinlarni egallashimiz uchun qaysidir manoda mazkur turnir tayyorgarlik vazifasini ham o'tab berdi, deyish mumkin.

Ilhom RAHMONOV

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing