So’nggi yangiliklar

17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0

13 dek 19:43
Yangiliklar

Boshqalar

Belbog'li kurash. Yil Xorazm polvonlari uchun yutuqlarga boy yil bo'ldi

Teglar :  Belbog'li kurash
Milliy sport turimiz sanalagan belbog'li kurash mamlakatimizning barcha hududlarida keng ommalashib bormoqda.

Xususan, Xorazm viloyatida ham. Bugun mazkur milliy sport turi bilan viloyatning Gurlan, Qo'shko'pir, SHovot, Urganch, Yangibozor kabi bir qator tumanlarida besh yuzdan ortiq o'g'il-qizlarning shug'ullanayotganiga guvoh bo'lish mumkin.

Malumotlarga ko'ra,  yildan yilga belbog'li kurash bilan shug'ullanuvchilar soni ortib, ularning musobaqalardagi natijalari ham tahsinga sazovor bo'lmoqda. Bu haqida viloyat belbog'li kurash federaciyasi ijrochi direktori va bosh murabbiyi Bekbergan Boltaev shunday deydi, - Tarixi uzoq o'tmishga borib taqaladigan belbog'li kurashga bizning viloyatda ham qiziqish yuqori. Ota-bobolarimizdan meros bo'lgan milliy sport turimiz bilan bugun oshno bo'lgan shogirdlarimiz  mashg'ulotlarga zo'r berib, o'tkazilayotgan milliy va xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etib kelishmoqda. Birgina joriy yildagi natijalarni sarihisob qiladigan bo'lsak, sportchilarimiz O'zbekiston chempionatlarida o'nta oltin, sakkizta kumush, o'n ikkita bronza medallariga ega bo'lishdi. 8-10 avgust kunlari Olmaliq shahrida o'smirlar o'rtasida bo'lib o'tgan jahon chempionatida Nusrat Yuldoshev ikkinchi o'rin, Sevinchoy O'razboeva, Mashhura Qo'zieva, Mohinur Rahmonovalar uchinchi o'rinni qo'lga kiritishdi. 31 oktyabr – 5 noyabr kunlari Rossiyaning Qozon shahrida o'tkazilgan jahon chempionatida Begoyim Rahimboeva ikkinchi o'rinni egallab kumush, Ullijon Davletova uchinchi o'rinni egallab, bronza medali sohibalari bo'lishdi. 27-29 noyabr kunlari Qozog'istonning Nur-Sulton shahri mezbonlik qilgan 1999-2001 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasidagi jahon chempionatida ham yangibozorlik shogirdlarimizdan SHoira Qalandarova uchinchi o'rinni band etib, bronza medalini o'zini qilgan bo'lsa, Munisa Rahimova kuchli beshlikda etirof etildi. Albatta, shu o'rinda belbog'ni kurashni viloyatimizda rivojlanishida, polvonlarimizning xalqaro musobaqalarda ishtirokini taminlashda yaqindan kumakchi va homiylik qilib kelayotgan O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasiga, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasiga, viloyat transport boshqarmasiga va ushbu boshqarmaning rahbari Rahmatullo Babaevga, “Adolat” SDPning viloyat kengashiga, Yangibozor tuman hokimligiga, qolaversa shogirdlarimizning ota-onalariga minnatdorchiligimizni bildiramiz. O'ylaymanki, tobora yaqinlashib kelayotgan 2020 yilda ham natijalarimiz bundan-da yuqori bo'ladi. Sababi, bizda buning uchun  shart-sharoitlar ham,imkoniyatlar ham etarlicha.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing