27 iyu 03:10
Yangiliklar
![](/upload/storage/631_220.jpg)
Belgiya terma jamoasi Vengriyaning ertagiga yakun yasadi
Belgiyaliklar nimchorak final uchrashuvida musobaqa kashfiyotlaridan biriga aylangan Vengriyaga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi - 4:0. Alderveyreld, Batshuayi, Azar va Karrasko tomonidan kiritilgan gollar Belgiyani chorak finalga olib chiqdi.
Endi Belgiya 1/4 finalda Uels terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
VENGRIYA – BELGIYA 0:4
Gollar: Alderveyreld, 10, Batshuayi, 78, Azar, 80, Karrasko, 90
Vengriya: Kiray – Kadar, Guzmich, Yuxas (Bode, 79), Lang – Nod, Gera (Elek, 46) – Lovrensish, Pinter (Nikolich, 75), Judjak – Salai
Belgiya: Kurtua – Mene, Alderveyreld, Vermalen, Vertongen – Vitsel, Nainggolan, de Brayne – Mertens (Karrasko, 70), R.Lukaku (Batshuayi, 76), Azar (Fellaini, 81)
Ogohlantirishlar: Kadar, Lang, Elek, Salai – Vermalen, Batshuayi, Fellaini
Fikrlar