24 iyu 18:40
Yangiliklar
Mark van Bommel Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi
Bu haqda Belgiya Qirollik futbol associaciyasining rasmiy sayti xabar berdi.
“Belgiya Qirollik futbol associaciyasi Mark van Bommel 2026 yil 15 avgustdan boshlab “qizil iblislar”ning yangi bosh murabbiyi etib tayinlanganini mamnuniyat bilan elon qiladi. Mark van Bommel Belgiya milliy terma jamoasini 2028 yilgi Evropa chempionatigacha boshqarishni ko'zda tutuvchi shartnomaga imzo chekdi.
Murabbiy sifatida Mark van Bommel PSV, “Volfsburg” va “Antverpen” jamoalarini boshqargan. “Antverpen”da u ulkan muvaffaqiyatga erishib, klubni mamlakat ichidagi tarixiy “oltin dubl”ga etaklagan: 2022/2023 yilgi mavsumda Belgiya Pro-ligasi va Belgiya Kubogida zafar quchgan”, – deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Belgiya terma jamoasining yangi murabbiylar shtabidan Budeveyn Zenden, Marten Martens va Reynir Robbemond o'rin oladi.
Fikrlar