07 okt 13:53
Yangiliklar
Ariel Xelvani: "SHevchenkoning UFC unvonidan voz kechishi ixtiyoriy bo'lmagan"
Ariel qirg'izistonlik aralash yakkakurash ustasi kamardan voz kechish qarori majburiy bo'lganini va bu qaror uning o'z xohishi bilan qabul qilinmaganini takidlaydi. Bu haqda uning o'zi navbatdagi tahliliy dasturida vaziyatga yaqin manbalar bilan suhbatlashganidan so'ng malum qildi.
"Unda hali ham o'zini sezdirib turayotgan jarohat bormi? Ha. Agar UFC`da 3 oktyabrga boshqa chempionlik jangi bo'lganida, u chempion bo'lib qolarmidi? Ha. U bu kamardan ixtiyoriy ravishda voz kechdimi? Yo'q. Aniq yo'q!
Ularga chempionlik jangi kerak edi. UFC`dagilar unga shunday deyishdi: "Qachon qaytsan? Qaroringni adolatli tarzda qabul qilamiz va chempionlik jangi o'tkazamiz". Uni noqulay holatga tushirib qo'yishdi – u tanlovga ega emas edi", – dedi Xelvani.
Valentina SHevchenko hozircha bu malumotga ochiq tarzda izoh bergani yo'q, ammo o'tgan dam olish kuni UFC 332 turnirida vakant chempionlik kamarini qo'lga kiritgan braziliyalik Nataliya Silvani g'alabasi bilan tabrikladi. Nataliya hakamlarning yakdil qarori evaziga xitoylik Van Kongni mag'lub etgan edi.

Fikrlar