10 noy 15:44
Yangiliklar
Tennis
Belgrad (ATP). Denis SHapovalov 5 yil deganda sovrin yutdi
Serbiya poytaxti Belgrad shahrida tennis bo'yicha ATP 250 toifasiga kiruvchi turnir yakuniga etdi.
Dunyoning 78-raketkasi bo'lib turgan Denis SHapovalov musobaqa bosh sovriniga ega chiqdi. Kanadalik tennischi hal qiluvchi final uchrashuvida ATP reytingida 156-pog'onasidan joy olib turgan mezbon tennischi Xamad Mejedovichni 6/4, 6/4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Etmish sakkiz daqiqa davom etgan bahsda SHapovalov 13, Mejedovich 3 ta eys zarbasini amalga oshirgan. SHapovalov 5 yil deganda ATP toifasiga kiruvchi turnirda chempion bo'ldi. Kanadalik bir haftalik mehnatidan 250 reyting ochkosi hamda 88,125 evro mukofot puli ishlab oldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar