11 apr 12:41
Yangiliklar
Belinda Benchich Top-10'dagi raqibini mag'lub etib, CHarlston turniri bosh sovrinini qo'lga kiritdi
CHempionlik uchun jahonning 21-raketkasi shveycariyalik Belinda Benchich WTA reytingida o'ninchi o'rinni egallab turgan tunislik Onj Jaberga qarshi kortga chiqdi. Uchrashuvda Benchich raqibi ustidan 6/1, 5/7, 6/4 hisobida g'alaba qozondi va turnir chempioniga aylandi.
Ushbu bahs 2 soatu 35 daqiqa davom etdi. O'yin davomida 25 yoshli Benchich bitta eys zarbasini amalga oshirdi, to'pni o'yinga kiritishda besh marta xatoga yo'l qo'ydi va ettita breyk-poyntdan unumli foydalandi. 27 yoshli Jaber esa to'rtta eys, beshta breyk qayd etib, to'rtta qo'sh xatoga yo'l qo'ydi. Sportchilarning o'zaro uchrashuvlarida hisob shveycariyalik tennischi foydasiga 2:0 ko'rinishiga keldi.
CHarlstondagi g'alaba uchun Benchich 470 reyting ochkosi va 158 800 dollar mukofot puliga ega bo'ldi.
Fikrlar