So’nggi yangiliklar

14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0 11:35Бектемир Меликўзиев чемпионлик жангидан четда қолди(ми?) Хайме Мунгиянинг кейинги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди 0 11:04Тони Кроос мураббийлик фаолиятини бошлаши мумкин 0 10:33Бугун ҳам Жаҳон чемпионатида тўрт нафар дзюдочимизга мухлислик қиламиз (Жуфтликлар) 0 10:02Пётр Ян: "Мовсарнинг Волкни мағлуб этиш учун иккита варианти бор" 0 09:31Асу Алмабаевнинг мураббийи UFC камари собиқ даъвогарига қарши жанг учун тайёргарлик режасини ошкор қилди 0 09:02Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бор, "Пахтакор" пешқадамга айланиб оладими? 0 19:54Чемпион Сильва Шевченкога навбатга туришни таклиф қилди 0 19:23Арман Царукяннинг рақиби маълум, сана ва манзил ҳам + ПОСТЕР 0 18:52Ғалабалар сари бораётган ёшлар 0 18:21Гвардиола "Манчестер Сити"га қайтмоқда 0

01 jan 08:34
Yangiliklar

Futbol

Prezident qarori bilan Kattaqo'rg'onda futbol akademiyasi quriladi

Samarqand viloyatining Qattaqo'rg'on tumanida futbol akademiyasi quriladi.

"27 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to'g'risida”gi 392-sonli qarori elon qilindi. Undan Kattaqo'rg'on shahrida futbol akademiyasi tashkil etish masalasi ham joy olgan. 

SHu yilning 23 dekabr kuni Liga ishchi guruhi Kattaqo'rg'onga tashrif buyurib, hududda katta futbol uchrashuvlarini o'tkazish va 2025-yilgi mavsumni Birinchi ligada o'tkazgan Kattaqo'rg'on futbol klubining Proligada ishtirok etishi masalasini o'rgangandi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad yaqin kelajakda Samarqand viloyatida Dinamo klubidan tashqari yana bir professional futbol klubni shakllantirish hisoblanadi. 

Kattaqo'rg'on safari yuzasidan elon qilingan materialda hukumat yordami bilan futbol maktabi tashkil etish ko'zda tutilgani va keyinchalik uning Kattaqo'rg'on futbol klubi bilan bog'lanishi masalasi qayd etilgandi. Mazkur reja endilikda mamlakat Prezidenti tomonidan qaror shaklida imzolandi. Qarorda Kattaqo'rg'on shahrida Associaciya qoshidagi futbol akademiyasi tashkil etilishi ko'rsatib o'tilgan bo'lib, unga 20 milliard so'm ajratilishi belgilangan. Bu o'z ichiga 150 o'rinli uch qavatli o'quv va mamuriy bino qurish, 100 o'rinli yotoqxona va oshxona binosini barpo etish, 48x24 o'lchamli universal sport zali, 110x78 o'lchamlardagi bittadan tabiiy va suniy qoplamali futbol maydonlarini oladi. 

Liga rejasiga ko'ra, Samarqand viloyati hokimligi va Sport vazirligi yordamida Payshanba shaharchasidagi futbol maydoni DXSH asosida Kattaqo'rg'on klubiga biriktiriladi. O'z navbatida klub mazkur maydonni Liga talablariga moslash uchun investisiya kiritadi. Bunda futbol maydonini to'liq yangilash, texnik zona va tribunalarni tamirdan chiqarish ko'zda tutiladi. SHuningdek, Payshanba shaharchasidagi oromgohning bir qismi klub bazasiga aylantiriladi. Kelajakda Associaciya yordamida Kattaqo'rg'on futbol akademiyasi qoshida 8 yosh toifasida tarbiyalanuvchilar guruhini tashkil etish va unga asosan mahalliy bolalarni jalb qilish, yosh toifalarining har birida minimum 25 nafardan tarbiyalanuvchi bo'lishiga erishish hamda ularni Liga ro'yxatidan o'tkazish rejalashtirilgan. 

Dinamo futbol klubi esa Samarqand viloyati futbol maktabi bilan xuddi shu yo'sinda hamkorlik qiladi. SHu asosda viloyatda bir-biriga raqobat qiluvchi ikkita futbol klubiga asos solinadi. Ayni vaqtda Liga Kattaqo'rg'on futbol klubi bilan hamkorlikdagi ishlarni davom ettirayotgan bo'lib, bu o'z navbatida klubni Proliga musobaqasiga tayyorlash bosqichini o'z ichiga oladi", -deyiladi O'zPFL bayonotida. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing