20 apr 18:57
Yangiliklar
Futbol
"Benfika" Di Mariyaga qiziqmoqda
"Benfika" shu yozda PSJ yarim himoyachisi Anxel Di Mariya bilan shartnoma imzolamoqchi.
Jurnalist Pedro Almeydaning xabariga ko'ra, 34 yoshli futbolchi erkin agent maqomida Portugaliya klubiga qaytishi mumkin. Ammo, u maoshining pasayishiga rozi bo'lishi kerak, u hozirda yiliga 13 mln evro haq oladi.
Di Mariya "Benfika"da 2007-2010 yillarda harakat qilgan. Di Mariya PSJga 2015 yilda MYUdan o'tgan edi. O'yinchining amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Futbolchi 2021/22 yilgi mavsum PSJ tarkibida barcha musobaqalarda 25ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 5ta assist qayd etdi.
Havola :
Manba : twitter.com/pedrogva6
Fikrlar