16 fev 18:08
Yangiliklar
"Benfika" hakamni sotib olishda ayblanmoqda
Lissabonning "Benfika" klubida hakamni sotib olgani ayblovi bilan quyi ligaga ravona bo'lish ehtimoli bor.
Manbaga ko'ra, Portugaliya prokuraturasi va policiyasi "Benfika"ning IT-kompaniya hisobiga 1,9 million evro miqdoridagi pul o'tkazmasini tekshirmoqda. Huquq-tartibot idoralari bu kompaniyaning soxta ekanligini, aslida summani "Benfika"ning uchta o'yinida ishlagan va uchrashuvlarni juda ziddiyatli tarzda boshqargan hakam Brunu Payshau olganini gumon qilishmoqda.
Agar klubning aybi isbotlansa, "Benfika" quyi ligaga tushib ketishi mumkin.
Qayd etish joiz, "Benfika" Portugaliyaning eng sovrindor klubi hisoblanadi. "Burgutlar" 37 marta mamlakat chempioni bo'lishgan va ikki marta CHempionlar Ligasida g'olib chiqishgan.
Fikrlar