22 mar 15:06
Yangiliklar
Futbol
Mourinyuning "Benfika"si chempionatda mag'lub bo'lgani yo'q
Joze Mourinyu boshchiligidagi "Benfika" Portugaliya chempionatini yondirmoqda.
27-turda "Special One" shogirdlari "Vitoriya Gimaraesh"ni 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. 4-turda jamoani qabul qilib olganidan keyin uning qo'l ostida jamoa 16 g'alaba va 7 durang qayd etdi.
Ayni damda "Benfika" peshqadam "Portu"dan 4 ochko ortda qolgan holda 65 ochko bilan 2-o'rinda bormoqda. Uchinchi pog'onadagi "Sporting" esa 2 o'yin kam o'yin o'tkazib, "Benfika"dan 3 ochkoga ortda qolmoqda.

Havola :
Fikrlar